Dunyoda

Shoxjahon Ergashevning shiddatli gʻalabasi

Shoxjahon Ergashev Chikagoda amerikalik Zak Remsini bir daqiqa ichida magʻlub qildi.  

Kecha Chikagoda bok tomoshi qilishga kelgan amerikaliklar biroz xafa boʻlishdi, desak xato boʻlmaydi. Kamida yarim soat davomida sakkiz raundli jangni tomosha qilamiz deb oʻylagan tomoshabinlar nima boʻlganini ham tushunmay qolishdi.

Ergashev amerikalik Zak Remsini birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq yerga qulatdi. Shundan soʻng hakam oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasini qayd etdi. 

Eslatib oʻtamiz, bu Shoxjahon Ergashevning professional boksda 15 jangdan 15-gʻalabasi boʻldi. Ulardan 14 tasi nokaut bilan.

Remsi esa professional ringda 13 jang oʻtkazib 8 ta gʻalabaga erishgan. Ulardan 4tasi nokaut bilan. 5 marotaba yutqazgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala