Iqtisod

Oʻzbekiston iqtisodiy taqdiri oʻz qoʻlida – XVF

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel direktora Departamenta stran Blijnego Vostoka i Tsentralnoy Azii MVF Yuxa Kaxkonen
Zamestitel direktora Departamenta stran Blijnego Vostoka i Tsentralnoy Azii MVF Yuxa Kaxkonen - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro valyuta fondi vakili Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanish darajasi nimaga bogʻliqligini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Oʻzbekstonning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanish taqdiri - oʻz qoʻlida, dedi Xalqaro valyuta fondi vakli Yuxa Kaxkonnen Toshkentda Oʻzbekiston banklari va Xalqaro valyuta fondi vakillari bilan boʻlib oʻtgan  uchrashuvi chogʻida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Bugungi mavjud sharoitlarda Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishiga tashqi faktorlar kam darajada taʼsir qiladi va rivojlanish, asosan, Oʻzbekiston ichida oʻtkazilayotgan islohotlar natijalariga bogʻliq boʻladi”, - dedi  Kaxkonnen.

Shuningdek, MVF vakili Oʻzbekistonning hududdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan tashqi davlat qarzining nisbatan kamligi va katta potentsiali borligiga eʼtibor qaratdi.

Mejdunarodnыy valyutnыy fond - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
XVJ Oʻzbekistondagi valyuta siyosatini isloh qilishda yordam beradi

Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan soliq islohoti borasida berilgan savolga MVF vakili quyidagicha javob berdi.

“Oʻzbekistonda kutilayotgan soliq islohoti soliq toʻlovchilar tarkibini kengaytirishga, soliqlar yigʻishni yaxshi va shaffosh qilishga olib kelishi kerak.

Shu bilan birga, bugungi kunda soliq toʻlayotgan iqtisodiyot subʼyektlariga nisbatan soliq bosimining oshishiga olib kelmasligi kerak. Aks holda, aksincha natija - daromadni soliqdan yashirish kelib chiqishi mumkin”, - dedi Yuxa Kaxkonnen soliq islohoti borasida berilgan savolga javoban.

Shu bilan birga, Yuxa Kaxkonnen Oʻzbekiston Markaziy banki faoliyatini ijobiy baholab, mamlakatla islohotlar oʻtkazilayotgan murakkab sharoitda Oʻzbekiston Markaziy banki toʻgʻri moliyaviy siyosat olib borib, inflyatsiya miqdorini imkon qadar past darajada ushlab turishga muvaffaq boʻlayotganini eʼtirof etdi.

Shuningdek, XVF vakili bugungi kunda xalqaro valyuta bozorida turli oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligi, ayniqsa valyuta kreditlarining narxi kutilmaganda keskin oshishi mumkinligini Oʻzbekiston bankirlariga yana bir bor eslatib oʻtdi. Kaxkonnen aytishiga qarganda bu xorijiy moliya tashkilotlari tomonidan dollarda berilayotgan kreditlar boʻyicha %larning keskin oshishiga olib kelishi mumkin. 

Bu degani - bugun xorijiy valyutada kredit olganda ertaga uni (dollar kursining keskin oshishi oqibatida) 120 % emas 200 % yoki undan ortiq qilib qaytarishga toʻgʻri kelish ehtimoli bor degani. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala