Hodisalar

Toshkentda maktab oʻquvchilari oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mushtlashuvda 28 va 159 maktabning olti nafar oʻquvchisi va bir nafar litsey tinglovchisi ishtirok etdi. Voqea sabablarini tergov davomida aniqlanadi.

TOSHKENT, 17 noya  — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida 14 noyabr kuni maktab oʻquvchilari oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi.

Tantsы na uzbekskoy svadbe - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻyindan oʻt chiqdi: internetda toʻyda yuz bergan ommaviy mushtlashuv videosi tarqaldi

Poytaxt IIBB maʼlumotiga koʻra, boshlangan mojaroda olti nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Mushtlashuv oqibatida 16 yoshli ikki nafar 28-maktabning oʻquvchisi – oʻrta ogʻirlikdagi jarohatlarni olishdi.

Shuningdek, uch nafar oʻsmirlar 16 yoshli va 14 yoshli 159-maktab oʻquvchilari va 16 yoshli akademik litsey tinglovchisi Jinoyat kodeksining “bezorilik” moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etida gumonlanuvchi deb topildi.

Tergov davomida mushtlashuvning sabablari va motivlari aniqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0