Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev s suprugoy 30-sentabrya posetili kompleks Tadj-Maxal v Agre
Shavkat Mirziyoyev s suprugoy 30-sentabrya posetili kompleks Tadj-Maxal v Agre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amaliyotchi stilist Jannat Idrisova nima uchun Sharq birinchi xonimlari – umr yo‘ldoshlarining eng yaxshi yordamchilari ekanligi Sputnikka so‘zlab berdi.

O‘tgan hafta AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp didli ayol sifatida hammaning e’tiborini o‘ziga qaratdi: Parijda Birinchi Jahon urushining yakunlanishining 100-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda total gray libosini kiygan edi: plisse yubka va yoqali sharf bilan qalin gazlamali kulrang palto va ikki tugmali kulrang palto. OAV bu safar Fransiya prezidenti umr yo‘ldoshi Brijit Makron ham orasta va mos ravishda ko‘ringanligi qayd qilishdi. U qora shim, oq bluzka va xaki rangli jaket libosida edi.

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishFransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning umr yo‘ldoshi Brijit Yelesey saroyida Birinchi Jahon urushining yakunlashining 100-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim ochilishi oldidan Chad Respublikasi prezidenti Idris Debi va uning umr yo‘ldoshini qutlashmoqda.
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning umr yo‘ldoshi Brijit Yelesey saroyida Birinchi Jahon urushining yakunlashining 100-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim ochilishi oldidan Chad Respublikasi prezidenti Idris Debi va uning umr yo‘ldoshini qutlashmoqda.

Shunday qilib, bu gal hammasi risoladagidek o‘tdi, lekin bu xonimlar ba’zan o‘zlaring nojo‘ya harakatlari bilan ommaning diqqatiga o‘zlariga qaratishlari ham mumkin. Masalan, Melaniya meksikalik nelegal bolalar bilan bo‘lgan uchrashuvda u “Menga farqi yo‘q, sizgachi?” yozuvi bor kurtka kiyib olgan edi.

© TASS/POOL / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti rafiqasi Melaniya Tramp, AQSh prezidenti Donalnd Tramp, GFR kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Fransiya prezidenti rafiqasi Brijit Makron Parijda Zafarlar ravoqi (Triumfalnaya arka) yonida Birinchi Jahon urushining yakunlashining 100-yilligiga bag‘ishlangan xotirlash marosimida.
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti rafiqasi Melaniya Tramp, AQSh prezidenti Donalnd Tramp, GFR kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Fransiya prezidenti rafiqasi Brijit Makron Parijda Zafarlar ravoqi (Triumfalnaya arka) yonida Birinchi Jahon urushining yakunlashining 100-yilligiga bag‘ishlangan xotirlash marosimida.

Dunyodagi ko‘p mamlakatlarning birinchi xonimlari libos tanlash bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarni chetlab o‘tmagan, ammo Sobiq ittifoqning musulmon davlatlari bugungi yetakchilarining rafiqalari libosi tufayli janjal markazida paydo bo‘lishi kamdan-kam holat. Ko‘p hollarda ular yoki ommaga ko‘rinish berishmaydi, yoki umr yo‘ldoshlari bilan rasmiy tadbirlarda ishtirok etib, norozilikka sabab bo‘luvchi nojo‘ya harakat qilishmaydi.

Nazokat va uyg‘unlik timsoli

Birinchi xonim sifatida dunyo siyosatida maydonida oromlik bilan ko‘rinish berish – bu O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari rafiqalarini boshqalardan ajratib turadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi

Shavkat Mirziyovning rafiqasi Ziroatxon Hoshimova haqida juda kam ma’lumot ommaga ma’lum: Qo‘qon shahridan, muhandis-iqtisodchi ixtisosligini tamomlagan, hozirda uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band. Uch farzandning onasi. Ijtimoiy tarmoqlarda topish mumkin bo‘lgan uncha ko‘p bo‘lmagan suratlarda xushbichim, yevropacha orastalik va sharqona go‘zalligi bilan ajralib turuvchi ayol aks ettirilgan. Liboslari o‘ziga yarashgan, odatda kostumlar va uzun ko‘ylaklar kiygan. Taqinchoqlari o‘z meyorida. Ziroatxon xorijiy davlatlarda bo‘lgan rasmiy tashriflardagi suratlarda o‘z mavqeyiga xos va munosib ravishda aks ettirilgan va o‘zining uslubiy ixchamligi bilan AQShning 35 prezidenti Jaklin Kennedining rafiqasini eslatadi.

© Foto: stranitsa Emine Erdogan v twitterZiroat Mirziyoyeva va Emine Erdo‘g‘an
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
Ziroat Mirziyoyeva va Emine Erdo‘g‘an

Qirg‘iziston davlat rahbarining rafiqasi Aygul Tokoyeva ham uy bekasi va ommaga juda kamdan-kam ko‘rinish beradi. 2017-yil noyabr oyida inauguratsiya marosimida ishtirok etishi uning prezident rafiqasi sifatida ommaga birinchi ko‘rinishi bo‘lgan. Uzoq tanaffusdan keyin u joriy yilning sentabr oyida qator davlat tadbirlarida ishtirok etib, aziz mehmonlarni kutib olgan. Shuningdek, Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdog‘an bilan “Kirchin” shaharchasiga tashrif buyurgan.

Libos uslubi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Soorbay Jeenbekovning rafiqasi milliy uslublarni yevropacha klassikaga mohir tarzda uyg‘unlashtiradi. Etnik qismlari ko‘zga tashlanmaydi, shu bilan birga e’tiborsiz ham qoldirmaydi. Inauguratsiyada u chang gulli ko‘ylak va ro‘molda edi. Shuni aytib joyizki, uning yoki o‘zi, yoki birortaning yordamida odatda sharqona qilib bog‘langan ro‘molga yaxshi mos kelmaydigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaydi.

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev Qirg‘iziston prezidenti Soorbay Jeenbekovning AQShga tashrifi
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti Soorbay Jeenbekovning AQShga tashrifi

Mutanosiblikka rioya qilish, rang va uslublar mos birikmasi – bu ham Aygul Tokoyevaning timsoli belgilari. Shular tufayli u katta siyosatda ancha tajribaga ega Erdog‘anning rafiqasi oldida salobatli bo‘lib ko‘rinadi. “Yoqimli, xotirjam, uygun”, - bu kalimalar Qirg‘iziston prezidenti rafiqasini tasvirlash uchun juda mos keladi.

Ozarbayjon go‘zali

Mehriban Aliyeva, shubhasiz, islom diniga e’tiqod qiluvchi yaqin xorijiy davlatning eng e’tiborli birinchi xonimlaridan. Ozarbayjon davlat, siyosiy va jamiat arbobi, 2017-yildan Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti – bu hali hammasi emas. Ozarbayjon Gimnastika federatsiyasi prezidenti, mamlakat parlamenti deputati, Ozarbayjon-Fransiya parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhning rahbari, Geydar Aliyev fondi va Ozarbayjon madaniyat do‘stlari fondi prezidenti hamda YuNESKO ezgulik, BMT, Islom konferensiyasi tashkiloti - IKT va Ta’lim, fan va madaniyat masalari bo‘yicha islom tashkiloti – TFMMIT elchisi.

© AFP 2023 / AFP / LEON NEAL Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehriban bilan.
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehriban bilan.

Mehribon Aliyeva 15-yildan buyon birinchi xonim. Kelishgan qaddu qomat, ajoyib sharqona go‘zallik va nozik did Aliyevani haqli ravishda sharq sanami deb atashga imkon beradi. Ruscha Vogue jurnali sobiq muharriri Alona Doleskaya o‘zining kitobida jurnalning raqamlaridan biri uchun Mehriban ishtirokidagi suratga olish qanday o‘tganini yodga oladi:

“U liboslarni yaxshi ko‘ruvchi barcha yulduzlar aytgan gapni aytdi. “Meni o‘z libosimda suratga olsangiz”. Men dedim: “Mehriban, siz bilasizku, bu hamisha oldinga intiluvchi Vogue jurnali. Shuning uchun biz keyingi mavsum liboslarini keltirdik”. “Menda so‘ngi barcha to‘plamlar bor”, deb javob berdi u”.

Aliyeva o‘z fikrini jurnal stilistlari keltirgan liboslar – hali sotuvda bo‘lmagan uchuvchi uslubida ekanligini bilgandan keyingina o‘zgartiradi. Doleskaya unga fotosessiya uchun portfolioni obrazlar bilan ko‘rsatganda, u g‘oyani darhol tushungan: “Nima demoqchi bo‘lganlaring ma’lum bo‘ldi! Hattoki Jeki Kennedi?”

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishOzarbayjon prezidenti rafiqasi Mehribon Aliyeva Bokudagi to‘qqizinchi Rossiya-Ozarbayjon hududlararo forumda.
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon prezidenti rafiqasi Mehribon Aliyeva Bokudagi to‘qqizinchi Rossiya-Ozarbayjon hududlararo forumda.

Ha, Aliyevani Kennedi xonus bilan tashqi qiyofasi o‘xshash bo‘lmasada, ular orasida o‘xshashlik bor: ichki kuch, aql va uslub hissi. Imidjmeykerlar Aliyevani tez-tez Iorldaniya qirolichasi Raniyaga o‘xshatishadi. Ikkovi ham behad go‘zal va betakrorligini ta’kidlashadi. Ammo Aliyeva o‘zining mustaqilligi va davlat ishlarida faol qatshashishi bilan ajralib turadi. OAVlarda ba’zida u mashhurlikda umr yo‘ldoshini orta qoldirgani haqida bot-bot ma’lumotlar paydo bo‘lib turadi. Ammo Mehriban har qanday sharq ayoli kabi qayerda ortga o‘tishi kerakligi biladi va buni aqllilik bilan bajaradi.

© Sputnik / Aleksandr Romanov / Mediabankka o‘tish “Formula-1” bosh promouteri Berni Ekklstoun va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehriban bilan.
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi? - Sputnik O‘zbekiston
 “Formula-1” bosh promouteri Berni Ekklstoun va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehriban bilan.

Xulosa o‘rnida, agar bir ko‘rinishda musulmon davlat prezidenti imidjini qo‘llab-quvvatlashda ayol kishini roli unchalik katta bo‘lib ko‘rinmasa, takroran qarash kerak, chunki aslida ayol kishini roli muhim ahamiyatga ega. Nafaqat donolik va odobga, balki nozik didi ega bo‘lgan birinchi xonim, umr yo‘ldoshining ham xorijda, ham vatanida obro‘sini yuksaltiradi. To‘g‘ri, u Melaniya Tramp xonim kabi jurnalistlarning ovozali xabarlariga sabab bo‘lmaydi. “Sharq – nozik masala” atamasi bu o‘rinda juda mos keladi.

Yangiliklar lentasi
0