Qashqadaryolik otaxon a’lochi talabalar uchun stipendiya joriy etdi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida istiqomat qiluvchi 83 yoshli otaxon - Muxtor Shapsanov Milliy universitetning a’lochi talabalari uchun stipendiya joriy qildi. Bu haqida Lola O‘roqova o‘zining Facebookdagi sahifasida xabar qilgan.

“Muxtor Shapsanov” nomli stipendiya har oy O‘zMU Fizika fakultetining 2-3 kurslarida o‘qiydigan 2 nafar a’lochi talabalariga beriladi. Stipendiya miqdori 600 ming so‘mni tashkil qiladi. 

— Stipendiya bundan keyin har oyning 8-sanasida topshiriladi. Nasib etsa, 6-dekabr kuni Toshkentga ketayapman. 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida eng iqtidorli 2 nafar talabaga stipendiyani berib qaytaman, - deb otaxonning so‘zlarini keltirgan Darakchi.

Muxtor Shapsanov 1969-yilda sobiq ittifoqning Hindistondagi elchixonasida ishlagan. Bir necha marta mamlakat rahbarlari bilan Indira Gandi o‘rtasida tarjimonlik qilgan. Xizmat yuzasidan bir muddat Pokistonda yashagan, Malayziya, Yaponiya, Katar, Polsha, Shri Lanka, Germaniya, Dubay mamlakatlarida bo‘lgan. Keyinchalik ko‘p yillar ToshDUda o‘qituvchilik qilgan. Muxtor Shapsanov tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Muxtor Shapsanov
Qashqadaryolik otaxon a’lochi talabalar uchun stipendiya joriy etdi - Sputnik O‘zbekiston
Muxtor Shapsanov
Yangiliklar lentasi
0