Jamiyat

Maishiy chiqindilar uchun toʻlov: MIBga qoʻshimcha vazifa yuklatildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Keyingi yildan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiradi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab:

- qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va ushbu toʻlovlar keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;

Musor toʻplash joyi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkentda maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi 7%ga koʻtariladi

- maxsus gʻazna hisobvaraqlarida jamlangan mablagʻlar faqatgina xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar haqini markazlashgan tartibda toʻlashga, sanitar tozalash markazlari va Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi faoliyatini moliyalashtirishga, chiqindilar bilan bogʻliq infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltiriladi;

- jismoniy shaxslar tomonidan chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar olti oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi arizalar sudlarga kiritiladi.

Bundan tashqari farmon bilan Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlari huzurida sanitar tozalash xizmatlari tashkil etilib, ularning vazifalari belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0