TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. NATO nafaqat Sovet Ittifoqi rahbariyatini balkim butun dunyoni aldadi, dedi Rossiya TIVi rasmiy vakili Mariya Zaxarova, RIA Novosti xabariga asosan.
“Gʻarbiy hamjamiyat, birinchi navbatda NATO rahbariyati, men aniq biror shaxslarni emas butun mamlakat va siyosiy tuzumlarni nazarda tutayapman, nafaqat sovet xalqini, Sovet Ittifoqi rahbariyatini, balkim butun xalqaro hamjamiyatni yanglishtirishdi. Bu dunyo miqyosidagi aldov boʻldi”, - dedi Zaxarova sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachevning ushbu mavzudagi soʻzlarini eslab oʻtarkan.
Rossiya oxirgi yillar davomida oʻz gʻarbiy chegaralari yaqinida NATOning faollashuvini koʻrmoqda. NATO oʻzining ushbu faoliyatini “Rossiya agressiyasini toʻxtatib turish” niqobi ostida amalga oshirmoqda. Moskva alyansning ushbu hatti-harakatlari oʻz xavfsizligiga tahdid ekanini juda yaxshi biladi.
2017 yil iyunida NATOga yana bir mamlakat qoʻshildi – Chernogoriya. Bu alyansning 29 mamlakati boʻldi. Sobiq Yugoslaviya respublikasida oʻtkazilgan soʻrovlarda mamlakat aholisining aksariyati NATOga qoʻshilishga qarshi boʻlishiga va mamlakatda norozilik namoyishlari oʻtkazilishiga qarmasdan, Chernogoriya rahbariyati NATOga qoʻshildi.
Eslatib oʻtamiz, 1990 yilda Sovet Ittifoqi va AQSH rahbariyati oʻrtasida erishilgan kelishuvga koʻra, SSSR Yevropadagi barcha harbiy bazalarini yopib, qoʻshinlarini Germaniyadan olib chiqib ketganidan keyin NATO Berlin devoridan Sharq tomonga bir qadam ham nariga oʻtmaslikni vaʼda bergan edi.
SSSR prezidenti Mixail Gorbachev ham oʻz intervyularida bir necha bor SSSR va AQSH prezidentlari orasida "NATOni Sharq tomonga kengaytirmaslik kafolati" haqidagi ogʻizaki kelishuv boʻlganligini aytib oʻtgan edi.