Hodisalar

Qozogʻistonda 36 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtobus agʻdarilib ketdi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSkoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto
Skoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Aralsk shahri yaqinidagi Qizilorda viloyati trassasida YTH sodir boʻldi. Avtobusda Rossiyadan oʻz vataniga qaytib kelayotgan oʻzbekistonliklar boʻlgan.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Kecha kechqurun Qozogʻiston trassasida avtobus 36 nafar yoʻlovchi bilan agʻdarilib ketdi. Avtobus Nijniy Novgorod shahridan kelayotgan boʻlgan.

Sputnik Qozogʻiston xabar berishicha, 36 kishidan 2 tasi Qozogʻiston fuqarolari, qolganlari esa Rossiyadan vataniga qaytib kelayotgan oʻzbekistonliklar boʻlgan.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi YTHdan keyin Aralsk kasalxonasiga 3 nafar yoʻlovchi olib kelingani maʼlum qildi. Keyinchalik ulardan biri jarohati tufayli vafot etdi. Yana 2 ta Oʻzbekiston fuqarosiga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, ular bir qancha muddat ular shifokorlar nazorati ostida boʻlishadi.

Sotrudnik politsii u zdaniya Moskovskogo oblastnogo suda - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Saratovda YTH sodir etgan avtobus haydovchisi hibsga olindi

Ayni damda avtobusning 17 nafar yoʻlovchisi Chimkent-Samara trassasi yaqinida joylashgan mehmonxonaga joylashtirildi. Bir necha yoʻlovchi esa mustaqil ravishda Novosibirskga qaytishga qaror qildi.

Qozogʻiston yoʻllarida Oʻzbekiston fuqarolari bilan muntazam ravishda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlib turadi.

Shulardan eng shov-shuvli hodisa - shu yil yanvar oyida Qozogʻiston Aqtoʻbe viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi boʻlgan avtobus yonib ketgandi. Yongʻin oqibatida 52 oʻzbekistonlik halok boʻlgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader