Jamiyat

“Oʻzbektelekom” internet boʻyicha hisobot beradi

© pixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yilning 30 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazadi.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. “Oʻztelekom” Oʻzbekiston prezidentining internet tarmogʻiga chiqish narxlarini pasaytirish va ulanish tezligini oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish boʻyicha  hisobotini taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar qildi. 2020 yilga kelib ulanish tezligi MDH davlatlari darajasigacha koʻtarish maqsad qilib qoʻyilgan.

Zadumchivaya jenщina - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahonda nechanchi oʻrinda

Oʻtgan 10 oy mobaynida "Oʻzbektelekom" AKda zarur boʻlgan yaxshilanishlar tizimli tahlil qilindi, kerakli qurilmalar sotib olindi, dastur-jadval ishlab chiqilib, tashqi kanal oʻtkazish imkoniyatlarini kengaytirish va operatorlar, provayderlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun Internetga chiqish tezligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

“Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari oʻrtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovatsion rivojlanish haqida soʻzlash mumkin emas”, - deyilgan xabarda.

Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Internet va axborot xavfsizligi: Oʻzbekistonda yana bir davlat inspektsiyasi tashkil etildi

Kompaniya tomonidan telegram-bot ishga tushirildi, bu yerda Kompaniyaga bajargan ishlar haqida har qanday savol berish mumkin. Eng yaxshi savollar mualliflari ushbu tadbirga taklif etiladi.

Avvalroq Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi boʻyicha mamlakatlar reytingini tuzgandi. Hisobotga koʻra, mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi boʻyicha esa 112-chi oʻrinlarni band etgandi. Rossiya esa 80-chi oʻrindan joy olgandi. Reytingning birinchi oʻrindagi qatorlarni Norvegiya, Islandiya va Singapur egallab olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala