Migratsiya

"Professional ish": Vashington Meksika chegarasida migrantlar quvilishini shunday baholadi

© REUTERS / KIM KYUNG-HOONMigrantы iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspыlennogo amerikanskimi pogranichnikami
Migrantы iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspыlennogo amerikanskimi pogranichnikami - Sputnik Oʻzbekiston
Oq uy bayonotida harbiy xizmatchilar "xavfli vaziyatni professionallik bilan yengib oʻtganlari" qayd etilgan

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Oq uy Meksika tomondan chegarani kesib oʻtishga harakat qilgan migrantlarga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻllagan amerika harbiylari harakatiga izoh berdi.

"Toʻrt nafar agentga uloqtirilgan predmetlar tegdi. Chegara uchun javob beruvchi ofitserlar ommani tarqatish uchun xavfli boʻlmagan vositalar yordamida javob qaytardilar - bu butun davlat boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari uchun belgilangan standart protokoldir", - deb yozilgan Oq uy  Twitterida.

Karavan migrantov iz Gondurasa napravlyayetsya v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp zarur boʻlsa Meksika bilan chegarani yopishga vaʼda berdi

Shunday qilib, harbiy xizmatchilar "xavfli vaziyatni professionallik bilan yengib oʻtganlari" qayd etilgan.

Bayonotda shuningdek, omma asosan katta yoshdagi yolgʻiz erkaklardan iborat boʻlishgani aytilgan.

Ilgariroq, migrantlarga qarshi yosh oqizuvchi gaz ishlatilgani xabar qilingan edi. OAVlar tomonidan tarqatilgan fotosuratlarda gaz qoʻllanilgan shaxslar orasida bolalar va ayollar boʻlganlari ham aks ettirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Meksika hududidan AQShga qarab Markaziy Amerikadan migrantlarning bir nechta karvoni yoʻl olgan.

Meksika IIV xabariga koʻra, chegara oldida Gonduras, Gvatemala va Salvadordan 5,6 ming migrantlar toʻplangan.

Karvondan ajralgan migrantlarning bir qismi vatanga qaytgan yoki Meksikada qolgan. Vashington chegarani nazorat qilish uchun bir necha ming harbiy xizmatchilarni yuborgan.

Yakshanba kuni amerika chegara xizmatchilari Meksika bilan chegarada, San-Diyego tumanida joylashgan asosiy oʻtkazish punktlaridan birini yopgan edi. Ammo dushanba kunga kelib, uning faoliyati qayta tiklandi.

Bundan tashqari, Donald Tramp hukumat zarurat tugʻilganida nolegal migrantlarga qarshi kurash maqsadida chegaradagi barcha oʻtkazish punktlarini yopish vaʼdasini berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala