Toshkentda Adju universiteti tashkil etildi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Fotobankka oʻtishNa odnoy iz ulits goroda Tashkenta
Na odnoy iz ulits goroda Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
2020–2021 oʻquv yillarida talabalarga ular Universitetni tamomlaguniga qadar Davlat byudjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat OTMlarida tegishli taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitish qiymati miqdoridan ortiq qismini toʻlab berish koʻrinishida davlat koʻmagi taqdim etiladi

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berildi telegrammdagi "Huquqiy axborot" kanalida.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi oʻquv yilidan OTM shartnoma toʻlovlari EKIHda oʻlchanadi

Qarorga koʻra, quyidagilar universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan etib belgilandi:

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar, avvalo, Koreya Respublikasining yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitetda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi. 

Bundan tashqari, qaror bilan quyidagicha tartib belgilandi: 

2019–2020 va 2020–2021 oʻquv yillarida oʻqishga qabul qilingan talabalar – Oʻzbekiston fuqarolari uchun ular Universitetni tamomlaguniga qadar Davlat byudjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarida tegishli taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitish qiymati miqdoridan ortiq qismini toʻlab berish koʻrinishida davlat koʻmagi taqdim etiladi, kontrakt yuridik shaxslar – salohiyatli ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi hollari bundan mustasno; 

Inostrannыe studentы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
AQShda Oʻzbekistonlik talabalar soni oshmoqda

davlat koʻmagi taqdim etilgan Universitet bitiruvchilari respublikaning davlat tashkilotlarida ixtisosligi boʻyicha kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi. 

Qaror bilan Toshkent shahridagi Adju universiteti Vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi. 

Universitetda 2019–2020 oʻquv yilida bakalavriatning "Arxitektura", "Elektrotexnika" va "Qurilish injiniringi" taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. 

Shuningdek, Oʻzbekiston Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining magistratura mutaxassisliklarida boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi ochiladi.

Universitetga 2020–2021 oʻquv yilidan boshlab koʻp tarmoqli klinika, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va diagnostika markaziga ega tibbiyot fakultetini belgilangan tartibda ochishga ruxsat berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala