YPX xodimiga o‘z xizmat vazifalarini yashirin usulda olib borish taqiqlandi

© SputnikInspektor Gai ostanovil dlya proverki avtomobil
Inspektor Gai ostanovil dlya proverki avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YPX xodimi transportni va yuklarni ko‘zdan kechirish, transportni ta’qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. YPX xodimiga o‘z xizmat vazifalarini yashirin usulda olib borish taqiqlandi.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:

-  transport to‘xtatilganda haydovchi YPX xodimi to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligini tasdiqlovchi dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan tanishishi mumkin;

- YPX xodimi tomonidan o‘zining dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi;

- YPX xodimi transportni va yuklarni ko‘zdan kechirish, transportni ta’qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega. Bunda yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etilmasligi lozim;

- YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini belgilangan epikirovkada oshkora usulda amalga oshiradi hamda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0