Dunyoda

Rossiya qurol sotish boʻyicha ikkinchi oʻringa chiqdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyo qurol-yarogʻ bozorida Rossiya 9,5 % ulush bilan 2-oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Stokgolm dunyo muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti (SIPRI) Rossiya 2000 yildan boshlab ilk marotiba dunyoda qurol-yaroq sotish boʻyicha ikkinchi oʻringa chiqdi, deb xulosa qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Institut maʼlumotiga koʻra, 2017 yilda Rossiya qurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari savdosining umumiy hajmi 9,5 foizga yetgan.

ZRS S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Oʻzbekiston bilan qurol-yarogʻ shartnomasiga doir muzokaralar oʻtkazishni topshirdi

Katta ilmiy xodim Simon Vezemanning taʼkidlashicha, 2011 yildan buyon Rossiya kompaniyalari oʻzlari ishlab chiqarayotgan qurol-yarogʻ savdo hajmini ancha koʻpaytirgan.

Tadqiqotchi ushbu oʻsish Rossiyada qurollanish modernizatsiya loyihasi doirasida boʻlib oʻtganini maʼlum qildi. Institut talqiniga koʻra, Rossiyaning yetakchi 100 ta kompaniyalaridan oʻntasining umumiy savdosi 2017 yil mobaynida 8,5 foizga oshgan.

2002 yildan buyon Buyuk Britaniya dunyoda qurol-yaroq sotish boʻyicha ikkinchi pogʻonani egallab kelmoqda edi, biroq dushanba kuni eʼlon qilingan reytingda 9 foiz ulush bilan uchinchi pogʻonadan joy oldi. Bu sohada 57 foiz ulush bilan AQSH yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, PVO va PRO mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Rossiya “Almaz-Antey” korxonasi ilk marotiba qurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar oʻntaligiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala