Toshkentning yangi logotipi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVnutri televizionnoy bashni v Tashkente
Vnutri televizionnoy bashni v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilindi.

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxtning yangi logotipini e’lon qildi, deb xabar qildi Toshkent hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida turizm sohasini yanada rivojlantirish, turizm brendini yaratish va targ‘ib qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

© Xokimiyat goroda TashkentaLogotip goroda Tashkent
Toshkentning yangi logotipi e’lon qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Logotip goroda Tashkent

Unda Toshkent shahrining turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilindi.

“Turizm brendi xorijiy va mahalliy turizm ko‘rgazmalarida,savdo yarmarkalarida,tashkil etilgan turli tadbirlarda, Toshkent shahri va madaniy obyektlariga yo‘naltiruvchi yo‘l xaritalarida, gaydbuklarda, reklama banerlar va bilbordlarida, shaharning turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi video-roliklar va ko‘rsatuvlarda, turizm obyektlarida va uning atrofida joylashgan savdo rastalarida sotilayotgan suvenir-sovg‘a,kiyim - boshlar, milliy mahsulotlarda aks ettiriladigan bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0