Hodisalar

Toshkent viloyatida ayol kishining jasadi topildi

© SputnikUdusheniye
Udusheniye - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ayol kishining jasadi topildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati.

“Oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga koʻra, u "nafas yoʻllarini qon bilan berkilishi, aspiratsiya natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, burun suyagining yopiq siljib sinishi, bosh miya va oʻpka shishi"dan oʻlganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi”, - deyilgan xabarda.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi N.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Ayni damda tergov tadbirlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala