Jamiyat

Uzbekistan Airways uch millioninchi yoʻlovchisiga bepul chipta taqdim etdi

© Press-slujba Uzbekistan AirwaysUzbekistan Airways perevezla trexmillionnogo passajira
Uzbekistan Airways perevezla trexmillionnogo passajira - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻlovchi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi va unga esdalik sovgʻalar taqdim etildi

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Uzbekistan Airways uch millioninchi yoʻlovchisi – Iskandar Fozilovga esdalik sovgʻalarini hadya qildi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Iskandar Fozilovga uning maxsus yoʻlovchi ekanligi Dubay shahri aeroportida roʻyxatdan oʻtayotgan vaqtida maʼlum qilinib, Boeing 787 samolyot bortida ham ekipaj aʼzolari nomidan alohida tabriklar eʼlon qilindi.

“Aviakompaniya uchun bu muhim voqea boʻldi, chunki uch millionlik koʻrsatkichga 26 yil davomida aviatashuvchi ilk bora erishdi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yozilishicha, “kun qahramoni”ga tabrik soʻzlari, esdalik sovgʻalari, jumladan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotining maxsus maketi va istalgan yoʻnalishga aviabilet sertifikati taqdim etildi.

© Press-slujba Uzbekistan AirwaysUzbekistan Airways perevezla trexmillionnogo passajira
Uzbekistan Airways uch millioninchi yoʻlovchisiga bepul chipta taqdim etdi - Sputnik Oʻzbekiston
Uzbekistan Airways perevezla trexmillionnogo passajira

Aviakompaniya maxsus yoʻlovchini bir kunda tashilgan yoʻlovchilar oʻrtacha miqdorini aniqlash tizimi asosida avvaldan belgiladi. Qatnov va yoʻlovchi, yaʼni "kun qahramoni" roʻyxatdan oʻtgandan soʻng aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala