Hodisalar

Yosh oʻzbekistonlik oʻz oʻlimi oldidan videotranslyatsiya orqali "dardini yorgan"

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishIgrovoye prilojeniye Pokemon Go ot kompanii Nintendo
Igrovoye prilojeniye Pokemon Go ot kompanii Nintendo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻsmir koʻp vaqtini kompyuter qarshisida oʻtkazgan, oʻsha mashʼum kun - 16-dekabr kuni esa yaqinlari va doʻstlarisiz koʻchada qolgan

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Yosh yigitcha Moskvada oʻz joniga qasd qildi, mudhish holat oldidan esa onlayn-translyatsiya olib borgan, deb xabar qilmoqda "Moskovskiy komsomolets".

Odin iz shiroko rasprostranennыx sposobov samoubiystva – prыjok s vыsotы - Sputnik Oʻzbekiston
Shaxs oʻz joniga qasd qilsa, u yashaydigan hududdagi psixiatriya ambulatoriyasiga xabar beriladi

Hodisa 16-dekabr kuni Moskvaning sharqiy qismida yuz bergan.

Oʻsmir oʻsha mashʼum kunda spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan, kechqurun esa koʻpqavatli xonadonlarning 16-qavatiga koʻtarilgan va ijtimoiy tarmoq orqali toʻgʻridan-toʻgʻri videoefir olib borgan. Uni ikki kishi tomosha qilgan. Yigitcha ikki tomoshabinga "hammasi joniga tegib ketgani" haqida soʻzlab bergan.

Tomoshabinlardan biri oʻz sharhida yigitchani bu ishdan qaytarishga harakat qilgan boʻlsa, ikkinchisi, aksincha, uning bu qarorini qoʻllab-quvvatlagan.

Onlayn-translyatsiya ikki soatcha davom etgan, efir oxirida yigitcha oʻzining soʻnggi qadamini tashlagan.

Aniq boʻlishicha, 14-yashar bolakay toʻliq oilada yashagan. Otasi - Oʻzbekiston fuqarosi (ayni vaqtda vatanida), onasi - RF fuqarosi (oʻzbekistonlik) kassir boʻlib ishlaydi. Ijtimoiy xizmat ishchilari soʻzlariga koʻra, bu oila tez-tez bir joydan ikkinchisiga koʻchadi, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida qatnaydi. Oʻsmir oiladagi yagona farzand boʻlgan va tez-tez maktabini almashtirib turgan.

Boʻsh vaqtining koʻp qismini kompyuter qarshisida oʻtkazgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala