Jamiyat

Chet el fuqarolari ham Oʻzbekiston hududida dafn etilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMirokil Fozilov, smotritel yaponskogo kladbiщa v Tashkente
Mirokil Fozilov, smotritel yaponskogo kladbiщa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hayotlik chogʻidagi xohishiga yoki vasiyatnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻmishga ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Oʻzbekiston hududida har bir insonga vafot etganidan keyin uni dafn etish uchun joyning tekin berilishi kafolatlanadi. Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali xabariga asosan.

Na musulmanskom kladbiщe v Dushanbe. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qonuniy kamtarlik: Tojikistonda qabr va qabrtosh oʻlchamlari belgilandi  

Shaxs xorijiy davlat hududida vafot etgan taqdirda, vafot etgan shaxsning uning jasadini yoki xokini Oʻzbekiston hududida dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish, shaxsga oʻlim haqidagi guvohnomani, jasadni olib ketish uchun ruxsatnomani, yoʻl hujjatlarini, shu jumladan davlat chegaralarini kesib oʻtishga doir hujjatlarini olishga koʻmaklashish qismida kafolatlanadi.

Oʻzbekiston fuqarosi yoki Oʻzbekistonning yoʻl hujjatiga ega fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekistondan tashqarida vafot etganda, oʻlimni roʻyxatga olish konsullik okrugi hududida marhum yashagan yoki oʻlim yuz bergan mamlakatda joylashgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Havo yoki dengiz kemasida yuz bergan oʻlimni roʻyxatga olish havo kemasi qoʻnadigan yoki dengiz kemasi keladigan mamlakat konsullik okrugiga kiradigan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Konsullik tomonidan oʻlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirish konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan amalga oshiriladi.

Fuqaroning oʻlimi toʻgʻrisidagi ariza qarindoshlari, yaqinlari va boshqa shaxslar tomonidan uch sutkadan kechikmay taqdim etiladi.

Flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdagi qabriston nazoratchisi Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

Oʻlimni qayd etish uchun konsullik muassasasiga kerakli hujjatlar taqdim etiladi.

Taqdim etiladigan barcha chet el hujjatlari oʻzbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va konsul muhri bilan shahodatlangan boʻlishi lozim.

Dafn byurosi jasadni transportda tashish boʻyicha barcha zarur tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan jasadni sanitariya-gigiyena jihatidan tayyorlaydi shuningdek imkoni boʻlsa, zarur diniy marosimlarni oʻtkazadi.

Hayotlik chogʻidagi xohishiga yoki vasiyatnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻmishga ruxsat beriladi.

Odatda, ular sobiq vatandoshlar, Oʻzbekiston Respublikasi bilan tarixiy qarindoshlik aloqalariga ega boʻlgan boshqa shaxslar boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0