Jamiyat

Oʻzbekistonda “Obod uy” elektron tizimi joriy etiladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyasini rivojlantirish vazirligi tomonidan ajratilgan mablagʻ asosida “Obod uy” axborot tizimi yaratildi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

Qaror loyihasiga koʻra, “Yagona xisob kitob markazi” Davlat unitar korxonalari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlariga xisob-kitob xizmatlarini koʻrsatish uchun “Obod uy” elektron axborot tizimini joriy etiladi.

“Obod uy” elektron axborot tizimiga respublikaning barcha shaxar va tumanlari hududdagi xar bir hususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlari kesimida barcha koʻp kvartirali uylardagi xonadonlarni ulash choralari koʻriladi.

Qaror loyihasiga koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilova qilingan.

“Yoʻl xaritasi”da qayd etilishicha, 2019 yil 25 martgacha “Obod uy” elektron axborot tizimining mobil ilovasini yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0