Video

Xitoyda itlar ofitsiantlik qilmoqda - video

Shanxaydagi kafelardan birining egasi mijozlarga oʻziga xos tarzda xizmat koʻrsatishni oʻylab topdi. Uning bu gʻoyasi koʻp mijozlarga manzur keldi. Kafeda mehmonlarga ofitsiantlar oʻrniga itlar xizmat qilmoqda

Noodatiy xodim bu kafeda QR-kod yozilgan futbolka kiyib yuradi. Kafe mehmonlari ushbu QR-kodni telefonlaridagi maxsus ilova yordamida ochib, menyu bilan tanishishlari va buyurtma berishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur kafedagi taomlar ham odamlar diqqatini oʻziga jalb qiladi. Chunki turli shirinliklar ustida itlar aks ettirilgan.

Mehmonlar ofitsiantlarni silashi va erkalashlari mumkin. Ofitsiant-itlar bilan selfi tushishga ham ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala