Siyosat

Rada Poroshenkodan Rossiyaga urush eʼlon qilishni soʻramoqda

© Sputnik / Mixail Palinchak / Fotobankka oʻtishZasedaniye Verxovnoy radы Ukrainы
Zasedaniye Verxovnoy radы Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina Radasi prezident Petr Poroshenkoga murojaat etib, Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilishni soʻragan

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoga Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilish va u bilan barcha diplomatik aloqalarni uzish iltimosi bitilgan murojaat loyihasi koʻrib chiqish uchun Ukraina parlamentiga kiritilgan.

Flagi Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ukraina MDHdan chiqadimi? MDH amaldorlari izohi

Hujjat "Ukraina Oliy radasining Ukraina prezidentiga Rossiya Federatsiyasiga qarshi urush eʼlon qilish, diplomatik aloqalarni va transport qatnovini toʻxtatish toʻgʻrisidagi murojaat qarori loyihasi" deb nomlanadi.

Hujjat muallifi - fraktsiyadan tashqari deputat Vitaliy Kuprin.

Sal oldin Ukrainada Rossiya bilan 2019 yil 1 apreldan doʻstlik va hamkorlik kelishuvini toʻxtatishi haqida qonun qabul qilingan edi.

Moskva va Kiyev munosabatlari Donbassdagi vaziyat fonida yomonlashdi. Ukraina hukumati ilgariroq bir necha marotaba Rossiyani mamlakatning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblagan edi. 2015 yilning yanvar oyida Oliy rada qabul qilgan bayonotda Rossiya "agressor-mamlakat", deb ataladi.

Rossiya ukraina tomonning ayblovlarini rad etmoqda va nomaqbul deb atab kelmoqda. Moskva koʻp marotaba Ukraina ichidagi mojaro tarafdori emasligini va Kiyevning siyosiy va iqtisodiy inqirozni yengib oʻtishi tarafdori ekanligini maʼlum qilgan. Bunga qaramay, Kiyev RFga qarshi qator sanktsiyalarni kiritdi.

Oliy Rada deputati Yevgeniy Murayev munosabatlarning yomonlashuviga qaramasdan Rossiya Ukrainaning asosiy strategik savdo sherigi boʻlib qolayotganini aytmoqda; "nima deb gapirishlaridan qatʼi nazar" RF bilan tovar aylanmasi bir yil ichida 25%ga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala