Koreya jamoasi hujumchisi: O‘zbekiston terma jamoasi o‘zbek futbolining oltin avlodi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana – pobeditel mejdunarodnogo turnira "Dubai Cup"
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana – pobeditel mejdunarodnogo turnira Dubai Cup - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Chonbuk Xonde Motors” klubi hujumchisi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchilari bir birlarini yaxshi tushunishlari, bu esa ularning asosiy ustunligi ekanligiga e’tiborini qaratdi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Don Guk Li O‘zbekiston jamoasi tarkibi yosh va iqtidorli futbolchilardan iboratligini ma’lum qildi. Ushbu jamoani o‘zbek futbolining oltin avlodi deyish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Osiyo Kubogida hayratga soluvchi jamoa – bu O‘zbekistondir. Ular birgalikda ulg‘ayishdi, yoshlikdan yelkama-yelka turib maydonga tushishardi. Ularning bu hamjihatligi ko‘p jamoalar uchun xavf tug‘dirishi mumkin”, - dedi Osiyo Kubogi rasmiy saytiga bergan interyusida.

Don Guk Li so‘nggi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini kuzatganligi ma’lum qildi. Ularning o‘yini zo‘r taassurot qoldirgan.

Trenirovka igrokov sbornoy Uzbekistana po futbolu pered kubkom Azii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - fotojamlanma

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda 3:4 hisobida Janubiy Koreyaga yutqazib qo‘ygandi. Hal qiluvchi 4-gol mashaqqatli o‘yinning qo‘shimcha vaqtida, 118 daqiqada, O‘zbekiston jamoasining bir o‘yinchisiga qizil kartochka berilganidan so‘ng urilgandi.
2018-yil 20-noyabrda Koreya jamoasi o‘rtoqlik o‘yinda O‘zbekiston terma jamoa ustidan 4:0 hisobida ustun kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5-yanvardan 1-fevraligacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0