Toshkent shahrining qator tumanlariga hokimlar tayinlandi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Xalq deputatlari Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.

Novogodnyaya podsvetka Tashkentskoy telebashni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent teleminorasi antiqa chiroqlar bilan bezatildi

Mazkur sessiyada Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.

Shu kunga qadar Olmazor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Rahmonov Baxtiyor Sultonovich, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Ergashev Shavkatbek Turdiyevich, Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Po‘latov Shuhrat Abdujabborovichlar hokim etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0