Hodisalar

Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yongʻin sodir boʻldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPojarnыy zakreplyayet rukav shlanga
Pojarnыy zakreplyayet rukav shlanga - Sputnik Oʻzbekiston
Yongʻin elektr isitish pechi ustiga ilib qoʻyilgan kiyim-kechaklar tufayli kelib chiqqanligi aniqlangan

TOSHKENT, 27 dek - Sputnik. Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, yongʻin Qarshi shahri Islom Karimov koʻchasida joylashgan 1-sonli Asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida sodir boʻlgan.

Koʻrilgan choralar natijasida olov shifokorlar tomonidan oʻchirilgan. Oqibatda kasalxona 2-qavatining 2 kv.m. maydoni yonib zarar koʻrgan va shu shifoxona tarbiyalanuvchisi R.S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv ishlari natijasida yongʻin elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qoʻyilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala