Hodisalar

Toshkentda “Oʻzelektroapparat” binosi yonib ketdi

© Foto: GUVD TashentaV Tashkente vыgorelo zdaniye "Uzelektroapparata"
V Tashkente vыgorelo zdaniye Uzelektroapparata - Sputnik Oʻzbekiston
Yongʻin poytaxt IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan oʻchirilgan. Halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. 28 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yongʻin sodir boʻldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan xabarga koʻra, yongʻin oqibatida Mirobod tumani Tolimarjon koʻchasida joylashgan “Oʻzelektroapparat-Elektroщit” aktsiyadorlik jamiyati maʼmuriy binosining 70 kvadrat metr tashqi qoplamasi yonib ketgan.

Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yongʻin sodir boʻldi

Halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda mutaxassislar yongʻin sababini aniqlashmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi “Humo Arena” koʻp tarmoqli muz saroyi yaqinida barpo etilayotgan avtoturargoh hududidagi ombor uchun ajratilgan binoda yongʻin roʻy bergani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala