Jamiyat

Oʻzbekistonda yana bir yangi telekanal tashkil qilinadi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaVideooperator
Videooperator - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida mamlakatning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida maʼlum qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom soveщanii s sotrudnikami SGB - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 2019 yil nomini eʼlon qildi

Mirziyoyev Oʻzbekiston kelajagiga yoʻnaltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratdi. Mamlakatning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

"Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak", - dedi prezident.

Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala