Hodisalar

Magnitogorskda gaz portlashidan 48ta kvartira zarar koʻrdi

© Sputnik / Varvara Gertye / Fotobankka oʻtishSorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove
Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik Oʻzbekiston
Magnitogorskda gaz portlashi oqibatida 10-qavatli uyning bir podʼyezdi qulab tushdi.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Rossiyaning Magnitogorsk shahrida koʻp qavatli uyda gaz portlashi oqibatida 48ta kvartira zarar koʻrdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti FVV xabariga asosan.

Portlash Moskva vakti bilan soat 04:00 da sodir boʻlgan. Ayni damda 2 kishi qurbon boʻlgani maʼlum. 10 kishi buzilgan imorat ostidan tirik qutqarib qolingan. Ular orasida bir nafar yosh bola ham bor.

Gaz portlashi 10 qavatli koʻp xonadonli uyda sodir boʻlgan. Portlash oqibatida bino podʼyezdlaridan birining 3 qavatdan 10 qavatgacha boʻlgan qismi qulab tushgan, 48ta kvartira zarar koʻrgan. Ushbu xonadonlarda 110 kishi yashagani maʼlum.

Ayni damda fojea sodir boʻlgan joyda 196 nafar qutqaruvchilar va 58 ta texnika ishlamoqda, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala