Ushbu kunlarda BAAda boʻlib oʻtayotgan Osiyo Kubogi musobaqalarida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. OʻFA xabariga koʻra, Oʻzbekiston futbolchilari yaxshi jismoniy formada boʻlib – juda koʻp mashgʻulot oʻtkazmoqda. Terma jamoaning birinchi oʻyini 9 yanvar kuni Ummonga qarshi boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Osiyo kubogida 24ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqalar BAAning Dubay, Abu-Dabi, Al-Ayne va Sharja shaharlarida boʻlib oʻtmoqda.