Dunyoda

Qirgʻizistonda militsiya xodimi birinchilardan koʻchada tupurganlik uchun jarima toʻlaydi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovSotrudniki militsii. Arxivnoye foto
Sotrudniki militsii. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bishkek shahrida jamoat joylarida tupurgan shaxslar 78 dollar atrofida jarima toʻlaydi.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Huquq tartibot organlari GES-5 tumanidagi koʻchada tupurgan militsiya xodimi shaxsini aniqladi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston Chuysk viloyati IIB matbuot xizmatiga tayangan holda.

Bundan avval 8 yanvar kuni tasvirga olingan video Sputnik Qirgʻizistonga yuborildi. Unda uch nafar militsiya xodimini koʻrish mumkin. Ulardan biri koʻchada besh marta tupurgan. Shuningdek, huquq tartibot organ xodimlari ruxsat berilmagan joyda chekishgan.

“Ushbu holat boʻyicha Chuysk viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvini oʻtkazdi. Natijada militsiya xodimi shaxsi aniqlandi – u post-patrul xizmati xodimi starshina M.M. ekanligi maʼlum boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston poytaxtida 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamoat joylarida tupurgan shaxslar jarimaga tortilishi haqida xabar qilingandi.

"Qirgʻizistonda 2019 yil 1 yanvardan shahar obodonchilik qoidalarini buzganlik uchun katta miqdorda jarima nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yangi kodeks amal qilishni boshlaydi", - deya xabar qilgan Bishkek shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yangi hujjatga "Tupurish" bandi kiritilgan. Unga koʻra quyidagi jarima miqdori nazarda tutilgan: jismoniy shaxslarga nisbatan – 5,5 ming qirgʻiz somi (78 dollar), yuridik shaxslarga nisbatan – 17 ming qirgʻiz somi (243 dollar).

Yangiliklar lentasi
0