Fermerlarga yer beriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSbor ovoshey v fermerskom xozaystve
Sbor ovoshey v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan, moliyaviy holati yaxshi va qishloq xo‘jaligi texnikalariga ega ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga beriladi.

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Huquqiy axborot kanali.

Qarorga asosan, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlari maqbullashtiriladi.

O‘zbekistonliklar yerlari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sabablar sanab o‘tildi

Shuningdek, qaror bilan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish bo‘yicha respublika, viloyat hamda tuman ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlandi.

Eksperiment tariqasida fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari ochiq tanlov yakuniga ko‘ra yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi.

Bir gektar yer maydoni uchun paxta-g‘allachilik loyihasiga 2 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida hamda sabzavot-g‘allachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga tuman sektor rahbarining tavsiyasiga ko‘ra tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimining qaroriga asosan yer uchastkalari ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari ularning faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:

paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 100 gektar;

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident murojaati: bu yil ham og‘ir keladi!

g‘allachilik va sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 20 gektar;

bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 10 gektar;

sabzavotchilik va polizchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 5 gektar;

chorvachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavjud shartli mol bosh sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining o‘lchami yuqorida nazarda tutilgan miqdorlardan kam bo‘lgan taqdirda, ularni maqbullashtarishga asos bo‘ladi.

Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalari, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan, moliyaviy holati yaxshi va qishloq xo‘jaligi texnikalariga ega ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0