TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Xitoyning “Chanʼe-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urugʻlari (chigitlar) nish urib chiqdi, deb xabar qildi China Xinhua News.
Eslatib oʻtamiz, xitoyliklar Oyning ort qismiga “Chanʼe-4” kosmik qurilmasini muvaffaqiyatli qoʻndirgan edi. Ushbu qurilmada kartoshka, karam ekinlari urugʻlari olib chiqilgandi.
Birinchi boʻlib paxta urugʻlari (chigitlar) nish urib chiqdi. Bu Oy sirtida ilk marotaba amalga oshirilgan biologik sinovlar muvaffaqiyatli oʻtganligi haqida tadqiqot rahbari professor Lyu Xanlun maʼlum qildi.
Ushbu qurilma oyda atrof-muhit va turpoqni oʻrganadi. Bundan tashqari, u bir qator past-chastotali radio astronomik kuzatuvlarini oʻtkazadi.