Sport

Oʻzbekistonning navbatdagi raqibi - Yaponiya termasi bilan tanishamiz

© Sputnik / Grigoriy SыsoyevSbornaya Yaponii po futbolu
Sbornaya Yaponii po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sputnik kolumnisti, 40-yillik tajribaga ega boʻlgan futbol muxilisi Oleg Dmitriyev, Osiyo Kubogining eng kuchli jamoalaridan biri - Yaponiya terma jamoasi haqidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Yaponiyaning J-league – professional futbol ligasi 90 yillar boshida futbolda katta muvaffaqiyatlarga erishib mahalliy muxlislar yuragidan joy oldi. Bunday muvaffaqiyatga sabab bir tomondan braziliyaning mashhur oʻyinchilarini jalb qilish boʻlsa, ikkinchidan – yevropalik murabbiylarni yollash boʻlgan boʻlsa ajab emas.

Stadion Shardja gotov k zavtrashnemu matchu Uzbekistan – Oman v ramkax Kubka Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 turniridagi ilk oʻyinini oʻtkazadi

Undan tashqari 80-yillar oxirida, Toyota kontsernining homiyligi bois, Yaponiyada bir necha kontinentlar aro turnirlar hab boʻlib oʻtgan edi. Yaponiyalik millionlab futbol muxlislari oʻz uylarida mashhur jamoalarning futbol oʻyinlarini tomosha qilish baxtiga ega boʻlishgan edi.

Ushbu ommilar kunchiqar mamlakatida futbolning ildam rivojlanishiga, kerakli infratuzilma va mutaxassislar paydo boʻlishiga olib keldi. 2002 ilda Yaponiya va Koreya birgalikda oʻtkazgan jahon chempionatiga juda yaxshi tayyorgarlik bilan yetib keldi.

Oʻshanda Yaponiya jamoasi Rossiya ustidan gʻalaba qozonib 1/8 finalgacha yetib borgan edi. Nakamotoning yagona goli, rossiyalik himoyachilarning beparvoligi oqibatida  urilgan edi. Lekin oʻsha chempionatda Yaponiya jamoasi undan nariga oʻta olmadi.

Shundan buyon Yaponiya yirik futbol musobaqalarida juda yaxshi oʻyin koʻrsatib kelmoqda. Terma jamoa katta muvaffaqiyatlarga erishdi deya olmasak-da, lekin ular juda qiziq, qandaydir maʼnoda eksperimental va shu bilan birga intizomli (!) futbol namoyish qilishmoqda.

Rossiya 2018 mundiali

2018 yildagi jahon chempionatida Yaponiya yana bir bor hammani hayratda qoldirdi. Ayniqsa bukmekerlar  uchun juda kutilmagan natijalar boʻldi. Dastlab, jamoa Saransk shahrida Kolumbiya ustidan gʻalaba qozondi. Undan soʻng Yekaterinburgda juda sifatli oʻyin koʻrsatib Senegalni yengdi.

Bolelщiki na stadione Shardja - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonlik futbol muxlislari BAA aholisini hayratda qoldirishdi

Ushbu oʻyinni men tribunadan turib kuzatdim. Yorqin va qiziqarli oʻyin barcha muxlislarga manzur boʻldi desam adashmayman. Yagona golni oldin Rossiyaning TSSKA jamoasida toʻp surgan legioner Keysuke Xonda urdi. U burchakdan tepilgan toʻpni oʻz vaqtida egallab olib uni raqib darvozasiga yoʻnaltirdi. Ayni damda Keysuke Kambodja jamoasiga murabbiylik qilmoqda.

Rossiya mundialidagi Yaponiyaning uchinchi oʻyini juda gʻalati oʻtdi. Jamoa yarim kuch bilan, tashabbussiz va zerikazli oʻyin koʻrsatdi va oqibata Polshaga 0:1 hisobida yutqazdi.

Lekin shunga qaramasdan Yaponiya guruhdan chiqdi. Senegal bilan ochkolar bir xil boʻlsa-da, “yettinchi koʻrsatgich” boʻyicha, yaʼni sariq kartochkalar soni kamligi boʻyicha Yaponiya oldinda edi.

Mundial 1/8 finalda ham Yaponiya juda qiziqarli oʻyin koʻrsatdi. Ikkinchi taym boshida jamoa Belgiya ustidan 2:0 hisobida ustun kelayotgan edi, lekin ikkinchi taym oxirida samuraylarning charchoqligi yoki notoʻgʻri strategiyasi tufaylimi, Belgiya uchta toʻp kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu oʻyindan keyin hech kim Yaponiyani tashabbussiz va zerikarli oʻynaydigan jamoa deyishga tili bormasdi.

Jamoani yoshartirish

Yevropalik murabbiylar uchun Osiyo jamoalari bilan ishlash murakkabligi sir emas. Koʻp hollardan taklif qilingan murabbiylay jamoa bilan umumiy til topa olmaydi.  Masalan, Rossiya chempionatidan oldin Yaponiya termasining bosniyalik treneri Vaxid Xalilxodjich isteʼfoga chiqarilgan edi. Sabab – Yaponiya mentalitetini tushunmagani.  

Igroki sbornoy Uzbekistana v matche s Turkmenistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Turkmaniston-Oʻzbekiston: oʻziga xos "nokdaun"

Uning oʻrniga 63 yoshli Akiro Nisina tayinlandi. Nisina jamoasi Rossiya mundialida yorqin va esda qolarli oʻyin koʻrsatdi. Osiyo kubogida esa jamoani Xeyjime Moriyasu tayyorlamoqda.

Rostini aytganda, yangi murabbiyning jamoa aʼzolarini tanlashdagi yondashuvi biroz kutilmagan boʻldi. Masalan, terma jamoada Yaponiyaning eng mashhur futbolchilaridan biri boʻlgan Sindzi Kagava uchun oʻrin topilmagani.

Bunday qaror jamoada avlodlar almashinuvini taʼminlash uchun qabul qilingan boʻlishi mumkin. Terma jamoaning yangi oʻyinchilariga  Bremenning “Verder” jamoasi futbolchisi Yuyya Osako, hamda "Galatasaray" oʻyinchisi Yuto Nagamoto yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, Yaponiya – Osiyo Kubogining toʻrt karra chempioni: 1992, 2000, 2004 va2011 yillarda. Bu safargi chempionatda esa yosh jamoaga oldingi muvaffaqiyatlarni takrorlash ancha mushkul boʻladi.  

Yangiliklar lentasi
0