GM Uzbekistan yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

© AP Photo / Ivan SekretarevMujchina v avtosalone
Mujchina v avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtosalon faoliyati yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan bir qator murojaatlar kelib tushganligi, murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lish hamda korrupsion harakatlar bilan bog‘liqligi aniqlandi.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. “GM Uzbekistan” tomonidan “AS-Jizzaxservis” sho‘’ba korxonasi tekshiruvdan o‘tkazdi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.

Tekshiruv davomida dilerlik korxonalarining faoliyatini tekshirish tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi namoyon bo‘ldi.

Xususan, mazkur avtosalon faoliyati yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan bir qator murojaatlar kelib tushganligi, murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lish hamda korrupsion harakatlar bilan bog‘liqligi aniqlandi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiya va mijozlarga qo‘pol muomala: yana bir avtosalon rahbari ishdan olindi

Ma’lum bo‘lishicha, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ishlar tashkil qilinmagan.

Mijozlar bilan muloqotda avtosalon xodimlarining malakasizligi belgilangan tartibga mos kelmagan.

“Avtosalonda axborotlar doimiy ravishda yangilanmagani, korxonada Koll-markaz faoliyatining tegishlicha tashkil etilmaganligi xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida bir qator noqulayliklar tug‘dirgan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilgan holatlar natijasida “AS-Jizzaxservis” sho‘’ba korxonasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0