Jamiyat

Uzbekistan Airways Dreamliner samolyoti qayerga gʻoyib boʻlganini tushuntirib berdi

© Sputnik / StringerDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Baʼzi OAVlarda aviakompaniyaga tegishli boʻlgan Boeing-787 Dreamliner samolyotlari buzilganligi sababli ekspluatatsiyadan chiqarilganligi haqida xabarlar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Uzbekistan Airways milliy kompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotini ekspluatatsiya qilishni davom etmoqda.

Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Havo yoʻllari samolyoti 14 soat kechikib keldi

Bundan avval ayrim OAVlarda MAK samolyotlari buzilganligi tufayli ekspluatatsiyadan chiqarilganligi haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

“Milliy aviakompaniya xalqaro standartlarga javob beradigan parvozlarni amalga oshirishni davom etmoqda. Uzbekistan Airways aviaparki tartibidagi barcha havo kemalari muntazam ravishda rejali texnik koʻrik va modifikatsiyadan oʻtadi. Shu vaqt samolyotlar parvozlardan olinadi. Parvozlarda yuqori xavfsizlik choralarini taʼminlash maqsadida Milliy aviakompaniya bunday jarayonlarni yangi havo kemalarga, jumladan "Boeing-787 Dreamliner"ga ham qoʻllaniladi”, - deb tushuntirishdi aviakompaniyada.

Aviakompaniya hisobida boʻlgan Boeing-787 Dreamliner samolyotlardan biri rejali xizmat koʻrsatish va modifikatsiyaga yuborildi, ularning yakuni boʻyicha ikkinchi havo kemasi ham huddi shu jarayonlarga yuborildi.    

Yaqin vaqtlarda Uzbekistan Airways Boeing va General Electric vakillari bilan brifing oʻtkazadi. Unda samolyot va uning dvigatelini ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari barcha savollarga batafsil javob berishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala