Jamiyat

Facebook Sputnik sahifalarini oʻchirib tashladi

Sputnik maʼmuriyati Facebook hatti-harakatlarini siyosiy sababga asoslangan tsenzura deb atamoqda.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmogʻi Sputnik axborot agentligiga tegishli boʻlgan 500 dan ortiq sahifalarini oʻchirib tashladi.

Sputnik maʼmuriyatida bunday qadamni “faqat siyosiy sabablarga koʻra” va “haqiqiy tsenzura” deb atashdi.

“Sputnik tahririyati yangiliklar bilan shugʻullanadi va bu ishni juda yaxshi uddalaydi. Sifatli ishlaydigan OAVga qarshi Facebookning qoʻlidan keladigan  yagona ishi - “bloklash” boʻlsa, bizda boshqa savol yoʻq, hammasi shundoq ham maʼlum. Lekin baribir sogʻlom fikr gʻalaba qozonadi degan umidimiz bor”, - deyilgan Sputnik xabarida.

Biroz oldin Facebook kiberxavfsizlik boʻlimi boshligʻi Nataniyel Gleyxer “muvofiqlashtirilgan nomaʼlum harakatlar”ni amalga oshirishda gumon qilingan 364ta sahifa yoʻq qilib tashlanganini xabar qilgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, axborot agentligi ushbu faoliyatni Boltiqboʻyi, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropada olib borgan.

Facebook shuningdek Rossiya bilan bogʻliq boʻlgan Instagramda ham 41 ta sahifani oʻchirib tashlagan. Xabarda aytilishiga koʻra ular Ukraina, norozilik namoyishlari, NATO va maktablardagi sanitariya holatlari haqida xabarlar tarqatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader