Siyosat

RF SHHT davlatlariga natsizm ustidan qozonilgan gʻalaba maqomi toʻgʻrisida taklif kiritmoqchi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishUzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim
Uzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim - Sputnik Oʻzbekiston
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba sharafiga qoʻyilgan memoriallar esa butunjahon insoniyat memoriali etib eʼlon qilinishi ilgari surilmoqda. Bu tashabbus ushbu yodgorliklarni vandalizm aktidan himoya qilib, ularning yoʻq boʻlib ketishidan asrashi taʼkidlanmoqda

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Rossiya Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlariga Ikkinchi jahon urushi yakunlari boʻyicha natsizm ustidan qozonilgan gʻalabani BMT Bosh assambleyasi darajasida insoniyat butunjahon merosi etib eʼlon qilinishini qoʻllab-quvvatlashni taklif etmoqchi, deb xabar qildi RIA Novostiga RF Federatsiya kengashi xalqaro qoʻmitasi rahbari Konstantin Kosachyov. 

SPUTNIK_22 iyunya - den nachala Velikoy Otechestvennoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79 yil oldin Ulugʻ Vatan urushi qanday boshlangan

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba sharafiga qoʻyilgan memoriallar esa butunjahon insoniyat memoriali etib eʼlon qilinishi ilgari surilmoqda. Bu tashabbus ushbu yodgorliklarni vandalizm aktidan himoya qilib, ularning yoʻq boʻlib ketishidan asrashi taʼkidlanmoqda.

"Ayni vaqtda biz ushbu mavzularni BMT, YUNESKOda ilgari surish ustida faol ish olib bormoqdamiz... Biz Rossiya prezidentiga ushbu tashabbusni kollektiv tashabbus etish imkoniyatini koʻrib chiqishni va SHHT mamlakatlari nomidan uni BMTda taqdim etishni taklif etdik. Iyun oyida SHHT sammiti boʻlib oʻtadi. Hozirda ushbu tashabbus qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash maqsadida milliy koordinatorlar darajasida ish olib borilmoqda", - dedi Kosachev.

Unga koʻra, agar tashabbus SHHT sammitida qoʻllab-quvvatlansa, uni kollektiv tashabbus sifatida taqdim etish mumkin boʻladi. "Agar bu amalga oshsa, BMT Bosh assambleyasining anʼanaviy natsizmni qahramonlashtirishga yoʻl qoʻymaslikka doir har yilgi - sentyabr va oktyabr oylarida ovoz beriladigan sessiyalarida ushbu nizom bilan chiqish qilsa boʻladi. Bu bizning nazarimizda muhimdek koʻrinmoqda", - deb qoʻshimcha qilgan u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala