Qurollangan yo‘lovchi Aeroflot samolyotini egallab oldi - OAV

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320
Samolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurollangan yo‘lovchi "Surgut-Moskva" parvozini Afg‘onistonga burishni talab qildi.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. “Aeroflot” kompaniyasining samolyoti bortida favqulodda hodisa yuz berdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti RenTV telekanaliga asosan.

Sotrudnik provodit texnicheskoe obslujivanie dvigatelya samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Moskva-Xo‘jand yo‘nalishida pavroz qilgan samolyot Domodedovoga favqulodda qo‘ndi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qurollangan kishi “Surgut – Moskva” parvozini Afg‘onistonga burishni talab qilgan.

Samolyot bortida 69 nafar yo‘lovchilar, jumladan bir nafar yosh bola hamda 7 nafar ekipaj a’zolari bor.

Ayni damda samolyot 10 km balandlikdan 2,3 kmgacha pastlab Xanti-Mansiysk shahri aeroportiga qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qurollangan yo‘lovchi, hujjatlariga ko‘ra Pavel Sh. Oldin bir necha bor almentlar to‘lamaslik, o‘g‘irlik va YHQ buzganligi uchun huquqni saqlash organlari e’tiboriga tushgan.

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot 14:18 da Xanti-Mansiysk shahri aeroportiga qo‘ngan. Ayni damda aeroport binosi huquqni saqlash organlari xodimlari tomonidan o‘rab olingan. 

Yangiliklar lentasi
0