Qozog‘iston IIV o‘zbekistonliklar bilan bo‘lgan shafqatsiz video bo‘yicha izoh berdi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ba’zi foydalanuvchilar video ostiga millatlar o‘rtasida nizo chiqarishga qaratilgan izoh qoldirishmoqda.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Qozog‘istonliklar internet tarmog‘ida keng tarqalayotgan shafqatsiz mushtlashuv kadrlari, aslida Namangan viloyatida mahalliy fuqarolar o‘rtasida yuz bergan, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston, IIVga tayanib.

“Hodisa O‘zbekiston Respublikasining Namangan viloyatida mazkur davlat fuqarolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan”, - deyiladi Qozog‘iston IIV bayonotida.

Ba’zi foydalanuvchilar video ostiga millatlar o‘rtasida nizo chiqarishga qaratilgan izoh qoldirishmoqda.

Vazirlikda yolg‘on xabar tarqatish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish uchun qonunda jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganini eslatib o‘tishdi.

Mazkur ommaviy mushtlashuv Namangan viloyati Norin tumanida sodir bo‘lgan. Mushtlashuv oqibatida ikkita yigitga yengil tan jarohati yetkazilgan. Voqea 2018-yil 24-dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Hozirda O‘zbekiston JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0