Migrantlar og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetgandagina shifokorga murojaat qilishadi - Poletayev

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishInostranniy rabochiy kurit
Inostranniy rabochiy kurit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta shaharlarga og‘ir mehnat qilish uchun kelayotgan migrantlar, ko‘p hollarda o‘z sog‘liqlari, yashash sharoitlari haqida o‘ylamaydilar. Shuning uchun ularning sog‘lig‘i katta zarar ko‘rishi mumkin.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Rossiyaga ishga kelgan migrantlar kamdan kam hollarda shifokorga murojaat qilishadi – buning sababi tibbiy xizmatlar haqidagi ma’lumotlar yetishmasligida, deb hisoblaydi, Migratsion izlanishlar markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining Xalq xo‘jaligini prognoz qilish instituti ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev.

Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada qonuniy tug‘ish mumkinmi? Homilador migrant ayollar uchun eslatma

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xorijlik migrantlarga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan tibbiy xizmatlar haqida ma’lumot tarqatish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqmoqda, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Poletayev aytishiga qaraganda, migrantlar og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetgandan so‘ng shifokorga murojaat qilishadi, shuninguchun ana shunday dastur kerak.

“Birinchi muammo – ular qayerga murojaat qilish kerakligini bilmaydilar. Agar migrant tibbiy sug‘urta kompaniyasiga mehnat shartnomasi bilan murojaat qilsa, unga bepul tibbiy sug‘urta polisi berilishi kerak, lekin ko‘pchillik buni bilmaydi”, - deydi mutaxassis.

Katta shaharlarga og‘ir mehnat qilish uchun kelayotgan migrantlar, ko‘p hollarda o‘z sog‘liqlari, yashash sharoitlari haqida o‘ylamaydilar. Shuning uchun ularning sog‘lig‘iga katta zarar ko‘rishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0