Jamiyat

Inflyatsiya oʻsishi biz kutgandan ham past boʻldi – Markaziy bank

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Inflyatsiya miqdori past boʻlganini aholi ham darhol his qila boshladi. Buni banklardagi depozitlar miqdori 71 %ga oʻsishidan bilsa boʻladi - MB.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Oʻtgan 2018 yilning 4-choragi va 2019 yil boshida inflyatsiya oʻsishi miqdori biz kutgandan ham past boʻldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamrayev, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, inflyatsiya oʻsishi miqdori past boʻlishiga bir necha sabablar omil boʻlgan. Ular orasida asosiylari quyidagilar deyish mumkin:

  • Meva-sabzavotlarning mavsumiy narxi oshishi kam boʻldi. Yil davomida narxlar nisbatan barqaror boʻldi.  
  • Ikkinchidan, mahsulot bilan taʼminlanish darajasi yaxshi boʻldi, va shu bilan birga hech qanday mahsulot defitsiti boʻlmadi. Shu oʻrinda oʻtgan yilda kartoshka narxi keskin oshganini esga olish mumkin.
  • Uchinchidan, energiya manbaalari narxining oshirilishi umumiy narxlar oshishiga olib kelmadi.

Inflyatsiya miqdori past boʻlganini aholi ham darhol his qila boshladi. Buni biz banklardagi muddatli depozitlar oʻsishidan bildik, deydi MB vakili.

Aholining banklarda saqlayotgan depozitlari miqdori oʻtgan yilga nisbatan 71,6 %ga oʻsishi kuzatildi. Ushbu tendentsiya 2019 yilning yanvar oyida ham davom etmoqda.

Qayta moliyalash stavkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Qayta moliyalash stavkasi nima uchun kerak?

Depozitlar tarkibida ham xorijiy valyuta ulushi kamayib milliy valyuta ulushi oshib bormoqda. Bu albatta quvonarli hol. Birinchidan aholining milliy valyutaga ishonchi oshib borayotganidan, ikkinchidan esa depozitlarning dollarlashuvi kamayayotganidan darak beradi.

2018 yilning 4 choragida Markaziy bank doimiy ravishda kuzatib borayotgan muhim koʻrsatgichlaridan birida ijobiy tomonga oʻzgarish kuzatildi. Xususan, xoʻjalik subʼyektlari orasida bank transaktsiyalarining soni 40-50 %ga oshishi kuzatildi. Bu yashirin iqtisod ulushi kamayib, iqtisod sogʻlomlashib borayotganining yaqqol dalilidir.

Yuqorida aytib oʻtilgan, ijobiy holatlar natijasida iqtisodda naqd pul hajmi ham oʻzgarishsiz qoldi. Bu inflyatsiyaning kamayishiga olib keladigan yana bir qoʻshimcha omil boʻladi, albatta.

Oʻzbekiston iqtisodida inflyatsiya oʻsishi haqiqatdan ham kamayib bormoqda. Biz bunining ijobiy natijalarini iqtisodning har sohasida kuzatib turibmiz.

"Agar ushbu tendentsiya saqlanib qolsa Markaziy bank 2019 yilning ikkinchi yarmida qayta moliyalash stavkasini pasaytirish masalasini ham koʻrib chiqishi mumkin", - dedi Behzod Hamrayev.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Markaziy banki inflyatsiya darajasini cheklash borasida qatʼiy siyosat olib bormoqda. Yil boshida 2019 yil uchun qayta moliyalash stavkasi 16 % miqdorida belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala