Jamiyat

Toshkentda reydning ilk kunida nechta qarzdor haydovchi aniqlandi?

© GUVD g. TashkentaProverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente
Proverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Aksariyat haydovchilar “joyida” bankning eng yaqin filialida jarima toʻlashga rozi boʻlishgan.

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Toshkentda yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun va jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirning ilk kunida 26 ta transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Evakuatsiya avtomobilya  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda qarzdor haydovchilar mashinasini "evakuatsiya" qilish boshlanadi

30 yanvar kuni Toshkent yoʻllarida YHXB inspektorlari tomonidan 467 transport vositasi toʻxtatildi, ulardan 389 nafar haydovchilar “joyida” bankning eng yaqin filialida jarima toʻlashdi. Tadbirning ilk kunida  jami 71.5 mln soʻm jarima undirildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar IIBB YHXB, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlangan edi.

Agar haydovchi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 60 kun davomida jarima toʻlamasa, uning transport vositasi jarima toʻliq toʻlanguniga qadar ushlab turiladi. Mazkur chora Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasida (Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibi) koʻzda tutilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala