Hodisalar

Volgogradda migrantlar qalbaki alkogol ishlab chiqarish tsexini tashkil etishdi

Oʻz faoliyati davomida jinoyatchilar 65 million rubl miqdorida noqonuniy daromadni qoʻlga kiritishgan.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Rossiyaning Volgograd shahrida yashirin tsexda qalbaki alkogol ichimligini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan shaxslar qonun oldida javob bermoqda.

Mintaqadagi IIV BB matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolaridan iborat 20 kishi tashlandiq parranda fabrikasida antisanitar sharoitlarda sunʼiy alkogol ichimligini ishlab chiqarish bilan shugʻullanishgan. Ularning 20 dan 50 yoshgacha ekanligi maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, ular ichimlik shishalariga qalbaki turli brend aktsiz markalari va etiketkalarini yopishtirishgan. Soʻngra ushbu mahsulotlarni Rossiyaning turli mintaqalarida sotishni yoʻlga qoʻyishgan. 2015 yilning may oyidan dekabrigacha jinoyatchilar 65 million rubl miqdorida noqonuniy daromadni qoʻlga kiritishgan.

© Ofitsialnыy sayt Ministerstva vnutrennix del Rossiyskoy FederatsiiRossiyaning Volgograd shahridagi qalbaki alkogol ichimligini ishlab chiqaruvchi yashirin tsex.
Volgogradda migrantlar qalbaki alkogol ishlab chiqarish tsexini tashkil etishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Volgograd shahridagi qalbaki alkogol ichimligini ishlab chiqaruvchi yashirin tsex.

Ularning gʻayriqonuniy faoliyati 2015 yil dekabr oyida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oshkor etilib, chek qoʻyilgan. Mazkur jinoiy ish yuzasidan qariyb 400 ming dona alkogol ichimligi musodara qilingan.

Mazkur jinoiy ishga aloqador boʻlgan shaxslardan 18 kishi sud qilingan va turli jazo muddati tayinlangan. Ammo jinoiy guruhning ikkita aʼzosi qochishga muvaffaq boʻlgan. Hozir qidiruvda boʻlgan shaxslardan biri qoʻlga olingan va unga nisbatan jinoiy ish Volgograd viloyati Gorodishensk tuman sudida koʻrib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala