Butun O‘zbekiston qidirgan yigit topildi

© Sputnik / StringerMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organiga yigitning onasi murojaat qilib, 26 yoshli o‘g‘li “Nexia” avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. 15-yanvar kuni o‘zining “Neksiya” avtomobilida uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan 26 yoshli Sherboyev D. sog‘-salomat holda topildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Gafurova Visola Ravshan qizi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz topildi

28 yanvar kuni Ichki ishlar organiga Sherboyevning onasi murojaat qilib, shu yil 15-yanvar kuni soat 12:30 larda birga yashovchi 26 yoshli o‘g‘li Davronbek Sherboyev “Nexia” avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Ayol o‘g‘lining yo‘qolganligi haqida darhol ariza yozmaydi, chunki ilgari o‘g‘li bir necha kun uyiga kelmagan holatlar ham bo‘lgan edi.

IIBBning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasining o‘zidayoq ushbu xabar 8 728 ta foydalanuvchilar tomonidan ko‘rib chiqilib, 167 nafar insonlar tomonidan qayta e’lon qilingan bo‘lsa, Telegram messendjerida esa ushbu ma’lumotni ko‘rib chiqqanlar soni 5 mingdan oshdi.

Xabarda yozilishicha, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqarolar uni tanib qolib, ichki ishlar organlariga xabar qilishadi. Belgilangan manzilga Toshkent shahri IIBB xodimlari yetib boradilar. Davronbek esa sog‘-salomat holida o‘z avtomobilida uyiga qaytib keladi.

Yangiliklar lentasi
0