Jamiyat

Oʻzbekiston jurnalistlari bepul guvohnoma oladigan boʻldilar

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishRabota jurnalistov
Rabota jurnalistov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

TOSHKENT, 06 fev – Sputnik. 2019 yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi jurnalistining umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalanmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Facebook᾽dagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Internet va axborot xavfsizligi: Oʻzbekistonda yana bir davlat inspektsiyasi tashkil etildi

Taʼkidlanishicha, ushbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta koʻrinishida boʻlib, unda guvohnoma egasi haqida maʼlumot, fotosurat, himoyalangan shaxsiy shtrix-kod mavjud boʻladi.

“Milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi”, - deya yozgan Allamjonov

Shuningdek, mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boshqa davlat idoralariga, jamoatchilik va madaniy joylarga (koʻrgazma, teatr, kinoteatr, muzey, kontsert, koʻngilochar va dam olish hududlari, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar) toʻsiqlarsiz kirish, axborot olish, materiallarni tayyorlash va tarqatishda hamkorlik qilish, shuningdek, vazirliklar va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda idoralarning ichki tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0