Jamiyat

Shahar hokimligi: Toshkent tashqi koʻrinishini tartibga solish vaqti keldi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaBlagoustroystvo torgovыx tochek, vremennыx konstruktsiy i magazinov v Tashkente
Blagoustroystvo torgovыx tochek, vremennыx konstruktsiy i magazinov v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtiriladi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkent tashqi koʻrinishini tartibga solish vaqti keldi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Chilonzor tumanida joylashgan koʻplab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq obʼyektlari tartibga keltirilmoqda.

“Fotolavhalarni kuzatib, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan qurilmalar oraliq masofasi nuqtai nazardan ham, tashqi koʻrinishi va jihozlanishi boʻyicha ham qurilish normalariga zid bunyod etilganini anglash qiyin emas”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtirilishi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala