Dunyoda

AQShda kuyov oʻz toʻyida ofitsantkani zoʻrlashga harakat qildi

Toʻy egasi Metyu Eymers ushbu klubda ishlaydigan ofitsantkaga tegajonlik qilishni boshlaydi. “Maxsus xizmatlar” uchun unga 100 dollar taklif qiladi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. AQShda kuyov oʻz toʻyida ofitsantkani zoʻrlashga harakat qilganligi uchun sud oldida javob berdi, deb yozadi The Philadelphia Inquirer gazetasi.

Portugalskiy forvard Yuventusa Krishtianu Ronaldu  - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Politsiya zoʻrlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olishga ruxsat berdi

Bu voqea 2018 yil noyabrda Pensilvaniyaning Richboro shahridagi klubda sodir boʻldi.

Xabarda aytilishicha, toʻy egasi Metyu Eymers ushbu klubda ishlaydigan ofitsantkaga tegajonlik qilishni boshlaydi. “Maxsus xizmatlar” uchun unga 100 dollar taklif qiladi. Rad javobini olgach, kuyov ayollar hojatxonasi yaqinida uni kutadi. Ofitsantkaning koʻrsatmalariga qaraganda, uni xonaga olib kirib, zoʻrlashga harakat qiladi.

Ayolning soʻzlariga koʻra, u qochib qutulishga muvaffaq boʻldi.

Keyin esa kuyov toʻyda mushtlashuvni boshlaydi. Klub xodimning alkogol ichimliklarni tashqariga olib chiqmaslik haqida iltimos qilganligi uchun janjal qiladi.

Klub xodimi politsiyaga qoʻngʻiroq qiladi. Politsiya voqea joyiga kelganda kuyov mehmonlar bilan mushtlashayotgan edi.

Devushka legkogo povedeniya i yeye kliyent - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiyada jinsiy qullikda boʻlgan oʻzbekistonlik ayollar qutqarildi

Politsiya Eymersni qoʻlga oladi.

Tergov jarayonida ofitsantka tomonidan zoʻrlashga harakat qilish haqida shikoyat ariza yozildi.

Amerikalik ustidan 17 yanvar kuni sud boʻlib oʻtdi. Biroq u garov pulining 10 foizi 350 ming dollar toʻlaganligi uchun hibsdan ozod etildi.

Keyingi sud majlisi 21 fevralda oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala