Dunyoda

Donald Tramp AQShda favqulodda holat eʼlon qildi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident SSHA Donald Tramp
Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Shu tariqa davlat rahbari Meksika bilan chegarada devor qurish uchun mablagʻ ajratilishiga erishmoqchi.

TOSHKENT, 16 fev  — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp 15 fevral kuni Meksika bilan chegarasida holat yuzasidan mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilish haqida farmon imzoladi.

Bu haqda Senat aʼzolariga yoʻllangan prezident maktubini Wall Street Journal gazetasi eʼlon qildi.

Favqulodda holat eʼlon qilinishi Kongress tasdigʻisiz chegarada devor qurish uchun 8 milliard dollar olish imkoniyatini beradi.

Bundan avval Tramp 450 km uzunlikdagi devorni qurish uchun 5,7 milliard dollar ajratilishini talab qilgandi. Kongress devor qurishni samarasizligi va koʻp harajatli ekanligini bildirgandi.

Endi favqulodda holat Trampga Kongress ruxsatisiz Adliya vazirligi va Pentagon byudjetidan mablagʻ olish imkonini beradi.

Prezident favqulodda holat eʼlon qilishi toʻgʻrisida axborotni bosh kotib Sara Sanders Twitterda maʼlum qildi. Biroq imzolash jarayonida anʼanaga muvofiq OAV vakillari taklif etilmadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala