Jamiyat

Orol dengizining suvi qurigan hududida himoya oʻrmonzorlari barpo etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStarыe korabli na beregu Aralskogo morya
Starыe korabli na beregu Aralskogo morya - Sputnik Oʻzbekiston
Himoya oʻrmonzorlari barpo etish uchun 2019 yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd soʻm ajratiladi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Aralskoye more - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya Orol dengizini qutqarishda ishtirok etishi mumkin - Lavrov

Qarorda taʼkidlanishicha, dengiz qurishi va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi.

Qurigan dengiz oʻrnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo boʻldi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizining suvi qurigan tubida himoya oʻrmonzorlari barpo etiladi.

Himoya oʻrmonzorlari barpo etish uchun 2019 yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd soʻm ajratiladi.

Bundan tashqari, Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yil davomida jami 500 ming gektar maydonda himoya oʻrmonzorlari barpo etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala