Jamiyat

Soliqchilar tadbirkorlarni ommaviy tekshirishni boshladi

© NALOGNalogi. Raschetы
Nalogi. Raschetы - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbirning asosiy maqsadi – soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun koʻmak va maslahat berishdan iborat, maʼmuriy va moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi.

TOSHKENT, 19 fev – Sputnik. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda Davlat soliq qoʻmitasi.

“Soliq islohotlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida yalpi pasportlashtirish (koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish) tadbirlari boshlangan”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Davlat soliq qoʻmitasi xabariga koʻra, ushbu tadbirning asosiy maqsadi – soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun koʻmak va maslahat berishdan iborat. Tadbirkorlik subʼyektlariga nisbatan hech qanday maʼmuriy va moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi hamda mavjud tushunmovchiliklar va kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.

Yalpi pasportlashtirish tadbirining dastlabki ikki kuni davomida 19 032 ta obʼyektlar koʻzdan kechirilgan va quyidagilar aniqlangan:

– 5 651 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoyalanishlari uchun ish beruvchilar bilan munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari;

– 2 254 nafar jismoniy shaxslarga davlat roʻyxatidan oʻtib, tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari;

– 3 968 ta obʼyekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspektsiyalarida roʻyxatga qoʻyishlari va 875 ta mol-mulk obʼyekti hamda yer maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida roʻyxatdan oʻtkazishlari toʻgʻrisida profilaktik suhbat va  ogohlantirishlar berilgan.

Pasportlashtirish tadbirida 2 558 nafar davlat soliq xizmati organi xodimlari jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala