To‘pni mohirlik bilan boshqaruvchi afrikalik ayol – hattoki, Tramp hayratda – video

Obuna bo‘lish
Uning qobiliyatiga tan bergan bergan orasida AQSh yetakchisi Donald Tramp ham bor.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda afrikalik ayolning futbol to‘pi yordamida ayollarga xos bo‘lmagan mohirlik va epchillikni namoyish etishi aks ettirilgan video keng tarqalmoqda.

O‘tgan haftaning oxiridan Twitter᾽da Akin Sawyerr niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan videoni bir necha kun mobaynida 10 milliondan ziyod kishi tomosha qildi.

Foydalanuvchilar ayolning misli ko‘rilmagan mahoratiga tan berib, olqishlashda davom etishmoqda. Uning qobiliyatiga tan bergan bergan orasida AQSh yetakchisi Donald Tramp ham bor. Tramp o‘z repostiga“Ajoyib!” degan izohni ilova qildi.

​Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, videoda tanzaniyalik Hadxara Mdeje aks ettirilgan. U Afrika bo‘ylab “gastrolga chiqib”, o‘z namoyishlari bilan pul ishlab topadi.

Yangiliklar lentasi
0